Davlatlar statistikasi

Uzbekistan 354
Japan 7
United States of America 4
China 3
Vietnam 2
Barchasi

SamCoding Round 8 (Div. 3)

1 o'rin
csdisassembly
Dezhonger Zhang
+422
2 o'rin
shohrux18uz
Shohrux Nahalboyev
+92
3 o'rin
chinesedfan
Xianming Zhong
+345
4 o'rin
baxriddinovich_dev
Bobur Baymatov
+37
5 o'rin
daveet2008
Давлат Муродович
+90
So'nggi musobaqa TOP 5 g'oliblari

Tizim statistikasi

Foydalanuvchilar

382

Masalalar

214

Musobaqalar

33

Urinishlar

5609

Sesh, 22 Sen 2026

Sport dasturlash musobaqasi

Muallif: __thecrash__, 1 oy oldin,

📢 SamDU SIRT institut talabalari uchun maxsus Sport dasturlash musobaqasi!

Algoritmlash va dasturlash bo'yicha o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda ushbu musobaqa aynan siz uchun! Musobaqa ikki bosqichda o'tkaziladi:

  • 1-bosqich (Onlayn saralash): 28-sentabr, soat 16:00–19:00 oralig'ida platformamizda masofadan turib o'tkaziladi (6-7 ta masala, 3 soat). Saralash natijasiga ko'ra eng yaxshi 30 nafar ishtirokchi finalga yo'l oladi.
  • 2-bosqich (Oflayn final): 2-oktabr kuni SamDU kompyuter xonasida bo'lib o'tadi (8-10 ta masala, 4 soat).

Mukofotlar jamg'armasi:

Top-10 g'oliblarni taqdirlash uchun qimmatbaho sovg'alar ajratilgan.

Ro'yxatdan o'tish:

Google Forma orqali ro'yxatdan o'tish 22-sentabrdan 28-sentabrgacha amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tishdan oldin platformamizda o'z akkauntingiz bo'lishi va forma ko'rsatmalariga amal qilishingiz shart.

28-sentabr kuni ishtirokchilar uchun 1 soatlik ixtiyoriy sinov raundi o'tkaziladi 15:00 dan 16:00 gacha.

Batafsil ma'lumot va e'lonlarni universitetimiz kanallarida kuzatib boring! 🚀🚀🚀

Jum, 18 Sen 2026

SamCoding Round 7 (Div. 2)

Muallif: __thecrash__, 1 oy oldin,

Sovrinli Musobaqa!

SamCoding Round 7 (Div. 2) — algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazuvchi navbatdagi reytingli musobaqani e'lon qilishimizdan mamnunmiz. Musobaqa IOI formatida o‘tkaziladi.

Musobaqa vaqti: 2026-yil 7-oktyabr, soat 19:30 da boshlanadi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar turli darajadagi algoritmik masalalarni yechish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Yakuniy natijalar platformadagi reytingga ta’sir qiladi.

Homiy va sovrin jamg'armasi

Ushbu musobaqaning yuqori saviyada o‘tishi hamda yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi yaqin ko‘magi uchun bosh homiymiz — Oqdaryo IT-PARK jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 600 000 so‘mni tashkil etadi. G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadilar:

  • 🥇 1-o‘rin — 300 000 so‘m
  • 🥈 2-o‘rin — 200 000 so‘m
  • 🥉 3-o‘rin — 100 000 so‘m

Ro'yxatdan o'tish

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! 🔥

Shan, 12 Sen 2026

SamCoding Round 6 (Div. 3) — Rated

Muallif: __thecrash__, 1 oy oldin,

Salom Samcoding foydalanuvchilari!

Sizni SamCoding Round 6 (Div. 3) musobaqasida ishtirok etishga taklif qilamiz — musobaqa 2026-yil 13-sentabr kuni, soat 19:30 da boshlanadi.

Musobaqa barcha ishtirokchilar uchun reytingli (rated) bo'ladi. Sizga yechish uchun 7 ta masala va 2 soatu 30 daqiqa vaqt beriladi. Masalalarning barchasi subtasklarga bo'lingan — ya'ni masalani to'liq yecha olmasangiz ham, qisman to'g'ri ishlagan qismi uchun ball olasiz.

Ball taqsimoti:

A — 500, B — 750, C — 1000, D — 1250, E — 2000, F — 2250, G — 3000

Jami: 10 750 ball

Har bir masala shartlari o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.

Ro'yxatdan o'tish

Omad va yaxshi kayfiyat tilaymiz! 🚀

Musobaqa editoriali.

Shan, 12 Sen 2026

SamCoding da yangilik — endi rasmiy sertifikatlar bor!

Muallif: __thecrash__, 1 oy oldin,

Rasmiy sertifikatlar

SamCoding platformasida musobaqalarda ishtirok etish endi shunchaki tajriba emas, balki hujjatlashtirilgan yutuqqa aylandi.

Har bir rasmiy musobaqa yakunlangach, ishtirokchilarga avtomatik ravishda shaxsiy sertifikat taqdim etiladi:

 

1, 2, 3 — g'olib sertifikatlari va qolgan barcha ishtirokchilar ishtirok etganlik sertifikati bilan taqdirlanadi.

Sertifikatingizni istalgan vaqt profilingizdagi yangi "Sertifikatlar" bo'limidan ko'rish, yuklab olish va ulashish mumkin. Har bir sertifikatda maxsus QR-kod joylashgan — uni skanerlash orqali istalgan kishi ushbu sertifikatning haqiqiyligiga to'liq ishonch hosil qilishi mumkin.

Bu — nafaqat sizning bilimingizni, balki muntazam mehnat va g'alabalaringizni ham rasman tasdiqlovchi hujjat. Uni portfolio, rezyume yoki ijtimoiy tarmoqlarda bemalol qo'llashingiz mumkin.

🎨 Sertifikatlardagi o'rin nishonlari (medallar) dizaynini yaratgan jamoamiz a'zosi shoyim ga alohida rahmat!

📌 Navbatdagi musobaqada SamCoding Round 6 (Div. 3) faol ishtirok eting va navbatdagi sertifikatingizni qo'lga kiriting. 

Shan, 05 Sen 2026

IOI uslubidagi subtask (qisman ball) rejimi!

Muallif: __thecrash__, 1 oy oldin,

Samcoding platformasida yana bir muhim yangilik — endi masalalarni an'anaviy ACM/ICPC uslubidan tashqari, IOI uslubidagi subtask (qisman ball) rejimida ham yaratish va yechish mumkin!

Subtask rejimi nima beradi?

1. Ishtirokchi masalani to'liq (100%) yecha olmasa ham, kichik cheklovlar uchun to'g'ri yechim (masalan, brute-force) yozib, ma'lum bir ballarni yig'ib borishi mumkin.
2. Har bir masala alohida subtasklarga bo'linadi. Judge tizimi testlarni subtasklar bo'yicha ketma-ket tekshiradi va natijani jonli ravishda ko'rsatib boradi.
3. Ayrim subtasklar faqat oldingilari muvaffaqiyatli o'tgandagina tekshiriladigan qilib sozlanishi mumkin.

Subtask masalalaridan iborat musobaqa!

Ushbu yangi imkoniyatni amalda sinab ko'rish uchun maxsus subtask formatidagi masalalardan tashkil topgan [contest:19] musobaqani e'lon qilamiz!

  • Masalalar soni: 2 ta
  • Score distribution: 100 (15+20+25+40) — 100 (15+20+25+40)

Ro'yxatdan o'tish

Musobaqada barchaga omad tilaymiz! O'z fikr va takliflaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. 🔥

Eng ko'p yechilgan masalalar

# Masala Yechganlar
1 Qadimiy soat 63
2 Kalkulyator 63
3 Raqamsiz klaviatura 53
4 Sonni teskari qilish 52
5 Foiz hisoblash 43